TO’qson oltinchi yilga bir nazar




НазваTO’qson oltinchi yilga bir nazar
старонка14/22
Дата канвертавання01.01.2013
Памер0.84 Mb.
ТыпДокументы
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22

Muhammad Solih haqida maqolalar

She’r shoirga nisbatan uzoqroqni ko’radi

Temur Xo’jao’g’li

(Muhammad Solihning turkiya turkchasida Istanbulda bosilgan
“Og’ochlar shoir bo’lsa” nomli kitobiga yozilgan so’zboshi)


Usta shoirlarning she’ri faqat shoirning shaxsiy hayoti bilan chegaralanib qolmaydi, balki shoir mansub bo’lgan millatning hayot va taqdirning ajralmas bir parchasiga aylanadi. Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi buyuk shoirlar she’riyatini butun dunyo turklarining ma’naviy hayoti va taqdiridan ayirmoq mumkin emas. Yigirmanchi asr boshida yashagan Abdulla To’qay she’riyati tatar turklarining, Husayin Jovid she’riyati ozori turklarining, Yahyo Kamol she’riyati turkiya turklarining, Abdulhamid Sulaymon Cho’lpon she’riyati o’zbek turklarining, Abduholiq Uyg’ur she’riyati esa uyg’ur turklarining yurak sasi bo’lmishdir.

Adabiy ijodkorligini ko’pdan beri kuzatib yurganim shoir Muhammad Solih she’riyati ham o’zbek turklarining bugun yashayotgan bosqichida hayotiy bir ahamiyat kasb etmoqdadir. Buni Muhammad Solihning uyoq-buyog’i 30 yillik she’r sarguzashti bilan isbotlash mumkin.

Muhammad Solihning butun she’rlarida yangi saslar, yangi xayollar, yangi o’xshatishlar izlaganini ko’ramiz. Bu izlanish shoirning eng so’ngi she’rlarida ham davom etadi. Bu xususiyat uning dastlabki she’rlaridayoq bo’rtib ko’ringandi.

Misol:

Hech kim she’r yozmaydi bugun,

Novdaning bo’g’zida qoldi kurtaklar.

Yuraklar ko’krakda vaznsiz tugun,

Bulut ko’r quyoshni yurar etaklab.

1974 yilda yozilgan bu she’r “Kechikkan bahor” deb ataladi. Yuqorida keltirganimiz parchada shoir o’quvchini hayratlantiradigan bir manzara chizadi: kurtaklar chiqolmay novdaning bo’g’ziga tiqilgan, yuraklar ko’krak qafasi ichida og’irligi yo’q, g’aroyib tugun kabi osilib turadi va bulut ham so’qir quyoshni yetaklab yurarkan, bu vaziyatda she’r yozadigan biror kimsa yo’q. Har holda, bu she’r yozilgan vaqt 1970 yillardagi shoir yashayotgan jamiyatdagi turg’unlikni, monoton hayotni bundan ham yaxshiroq tasvirlash qiyin.

Bulutning ko’r quyoshni etaklab yurishi faqat 1970 yillar o’zbek she’riyati uchun yap-yangi ma’joz emas, balki bugun uchun ham jonli va kutilmagan bir tashbehdir.

Muhammad Solihning teran xayol kuchi har qanday odamning aqlini hayratlantiruvchi bom-boshqa ma’jozlar bilan qarshimizga chiqadi. Bu ma’jozlar o’quvchini nafaqat hayron qoldiradi, balki biz ko’nikkan zamon va makonni kengaytirish va teranlashtirishga majbur qilganday bo’ladi. Shoirning 1982 yilda yozgan shu she’riga qaraylik:

Bu yog’i sukunat, bu yog’i rohat,

O’tdi sevgi deya atalgan xatar,

Zaharlangan kabutarday xat,

Qo’lingdan bir qarich narida yotar.

Daxli bo’lmagandan keyin hayotga

Odam o’limga ham bo’lmaydi iqror...

Birorta fikr yo’q chaqirayotgan,

Sim-sim yig’layotgan xayol yo’q biror.

Faqat sahro misol tashlandiq yuzda

Vaqt kabi o’zicha o’smoqda soqol.

Bir muhabbat mojorasini tugatgan odamning yolg’izligi tasvir etilgan bu she’rda “sevgilidan kelgan xat zaharlangan kabutarday” yotgani, vaqtning esa “odamning yuzida o’z-o’zidan soqol kabi o’sayotgani” kabi ifodalar o’quvchi xayolini sarosimaga soladi.

Muhammad Solihning she’rlarida ma’jozlar, to’g’rirog’i, ma’jozli tushuntirish tarzi she’rga muayyan teranlik qozontirib qolmay, balki voqealarni oldindan aytayotgan mistik ishoratlarga aylanishadi. Muhammad Solihning tubanda biz keltirayotgan she’ri 1981 yilda yozilgan va bu she’rda tasvirlangan voqeaning yillar o’tib o’z boshiga tushajagini bilmagan shoir shunday deb yozgandi:

Judolik dev kabi kelmaydi doim,

Ba’zan u mushukday keladi sassiz.

Panjalari momiq, muloyim,

O’tkir tirnoqlari maxfiy ko’rinmas.

Ko’tarmoq uchun ham bu judolikni,

Shart emas devlarga xos bir iroda-

Oddiy odam bo’lsa yetadi, ya’ni

Boshiga judolik tushan bir odam.

Butun hayoti o’z yurtida o’tib, istar adabiyot istar siyosat bo’lsin, har sohaga nihoyatda muhim hissalar qo’shgan bir ziyoli Muhammad Solih 1993 yil aprel oyida o’z vatanidan ayri tushdi. U bugungi chekayotgan iztiroblarini go’yo 1981 yilda “paxta kabi yumshoq panjali mushuk sassisligi”ga o’xshatgandi.

Muhammad Solihning o’zi ham eski she’rlardagi bir qancha xayoliy holatlarning keyinchalik hayotiy holatlarga aylanganiga guvohdir. Bu xususda Muhammad Solih kinoyali bir tarzda hikoya qiladi. U 1994 yil iyul oyida yozgan “Farishtalarni unutmang” maqolasida, qarang, nima deydi:

“Hijrat erkaklar uchun vojib deydilar, ammo men, to’g’risi, O’zbekistondan chiqib ketishni hech orzu qilmaganman. Turg’unlik yillarida chop etilgan kitoblarimni varaqlayman: aksariy she’rlar ayriliq, uyqusizlik, vidolashuv, qo’msash haqida. Aksariy she’rlar hech qachon uyidan chiqmagan odamning sayohati haqida, hech qachon yig’lamagan odamning ko’z yoshi haqida yozgan she’rlaridir.

She’r tabiatan anglanmas bir narsadir. Eski she’rlarimni o’qiyotib, ularni anglamayman.”

Muhammad Solih bu maqolasida har xil eski she’rlardan namuna keltirib, “bu she’rlarni bugun yozishim kerak edi, shunda bular mubolag’a bo’lmasdi. Lekin bu she’rlar 1981 yilda yozilgan va u paytda ular mubolag’a va tushunarsiz bo’lib ko’ringandi”, deydi shoir.

U yumoristik bir ohangda, she’r to’qib chiqarishning xavfli o’yin ekanini yozadi, yoshlarga maslahat berib, og’zingizga kelganini yozavermang, farishtalar “omin” deb yuboradi, deydi u. “Endi ba’zi shoirlarning nima uchun she’r yozishdan voz kechganligini anglagandirsiz. Farishtalar atrofda qo’nib-uchib yurarkan, she’r uydirish tahlikali maslakdir,” deb maqolasini bitiradi shoir.

Muhammad Solihning nozik uslubda bildirgan bu haqiqatini uning “Milliyatchi” deb atalgan she’ri misolida ham ko’rish mumkin. 1985 yilda yozilgan bu she’r Sovet davrida “Maxluq” sarlavhasi ostida chop qilingan. Shoirning 1995 yil chiqqan “Iqror” kitobida esa bu she’r “Milliyatchi” deb o’zgartirilgan.

Milliyatchi

U bir maxluq dunyo bozida,

Uning turgan-bitgani qayg’u.

Kishan yo’q-ku qo’l-oyog’ida

Lekin erkni, erkni istar u.

U bir maxluq, yurgan bir daydi,

Yo’q, yo’q yurmas, ko’klarda uchar,

U o’zining nafratin eydi,

U o’zining g’azabin ichar.

Shunday maxluq, uning yonida

Har bir ayol ko’rinadi tul.

“Kelgindi”mish o’z vatanida,

O’z uyida nomahrammish ul...

Bas qil maxluq, bas qil dedim, bas!

Muzlamasin yuzingda qahr,

Bu dunyoda mumkin-ku yashash,

Vatansiz ham mumkin-ku, axir!

Bu she’r kinoyaga to’la bir she’rdir. O’z vatanining rus mustamlakasi ostida chirpinishini ko’rib, qiynalayotgan milliyatchining alami. Lekin bu she’rning mistik tarafi ham bor. Muhammad Solihning butun bu tahlil qilganimiz sherlari shuni ko’rsatadi-ki, she’rning ko’zi tiyrak, u shoirga nisbatan uzoqroqni ko’rishga qodir. Muhammad Solihning she’rlarida biz ba’zan 10-15 yil so’ngra bo’lajak voqealarni tuyganday bo’lamiz. Mana, she’rlaridan biri:

Falak vijdon kabi tozadir shu payt,

Shoir xayoliday kengaymish olam.

Hozir sen dunyoga bor gapingni ayt,

So’zla yuragingni ochib langu-lang.

Gapir, dunyo senga qilgay e’tibor,

U xolis shu paytda, odil shoh yanglig’.

Hozir bir lahzalik marhamati bor.

Hozir shavqati bor uning bir tonglik!

Muhammad Solih bu she’rini 1985 yilda yozgandi. Bu she’r bir necha yil so’ngra O’zbekistonda boshlanajak qayta qurish davridagi hurriyat xabarchisiga o’xshaydi. Faqat bu hurriyat uzoq davom etmayajagi ham bu she’rda o’z aksini topgan: hozir ayni paytidir, so’ylamoq istagingni so’yla, deyiladi she’rda. Sahar vaqti dunyo vijdon kabi toza, odil podshoh kabi yaxshi niyatli ekan, odam ko’nglidagini ochiq aytishi mumkin. Qolaversa, bunday omonat fursatni qo’ldan boy bersang, keyin so’zlaringni ochiq so’ylay olmasliging mumkin.

Muhammad Solih 1985 va 1992 yillari orasida boshqa o’zbek ziyolilari kabi yuragida borini so’yladi. 1992 yildan keyin unga qarshi tazyiqlar kuchaydi, u o’zining deputatligini, maslagini, 1993 yildan so’ngra esa o’z uyini va yurtini navbatma-navbat tark etdi. U endi suyukli vatanidan uzoqda yashayapti va uning qo’lidan olinmagan yagona narsa – yurak so’zini so’ylash qobiliyatidir.

Agar Muhammad Solih boshqa narsalarni o’ylasa edi, balki o’z yurtida yashab, deputatligini davom ettira bilardi. Do’stlari davrasida kulib-o’ynab vaqt kechira bilardi. Lekin butun bu ne’matlarga og’zini yopib, jim turish evazigagina erishish mumkinligini ko’rib, Muhammad Solih bunday hayotni rad etdi.

Muhammad Solih xususan, 1970 yillarda nashr qilingan she’rlari bilan keng o’quvchi qatlamiga yetib borgan edi. U ko’pgina yosh shoirlarni o’z she’rlari bilan mutaassir etib, o’zbek she’rida majoziy she’r oqimini kuchaytirgan edi. Bu oqim 1920 yillarda buyuk o’zbek shoiri Cho’lpon she’riyatidan boshlangandi. She’riyatning bu majoziy shaklda hurriyat tuyg’usi juda quvvatlidir.

1920 yildan keyingi modern o’zbek she’riyatda Cho’lpon (1897-1938), Oybek (1905-1968), Usmon Nosir (1912-1942), Erkin Vohidov (1936), Abdulla Oripov (1941), Rauf Parfi (1942) kabi lirik she’rga ko’proq moyil shoirlardan keyin kelgan. O’zining originalligi, xayol kuchining teranligi ila o’quvchining yuragini larzaga solib, uni o’zi va tevaragiga yangidan boqishga majbur qiladigan ma’jozlarga to’la she’rlari bilan Muhammad Solih zamonaviy o’zbek she’riyatini nihoyatda boyitdi.

Muhammad Solih 1995 yil oktyabr oyida yozgan “Tarjimai holi”da “she’r mening uchun 1986 yildan boshlab ikkinchi planga o’tdi” deb yozadi. Ma’lumki, bundan oz o’tmay “Birlik” harakati (1988) keyin ”ERK” demokratik partiyasi (1990) qurildi. Muhammad Solih millat vakili bo’ldi. Prezidentlik saylovlarida qatnashdi. Bu siyosiy faoliyatlar, hech shubhasiz, Muhammad Solihning so’ng o’n yillik hayotida buyuk rol o’ynagan voqealardir. Va bu siyosiy hayot uning she’r yozishiga mutlaqo salbiy ta’sir qilgandir. Ammo Muhammad Solihning she’rdan hech qachon voz kechmayajagini bilaman. U 1980 yilda yozgan bir she’rida shunday deydi.

Umring yetmay, birdan yumsang ko’z,

So’z axtar, jannatda yoki do’zaxda

O’sha yaproq uchun aniq so’z axtar.

Muhammad Solihning she’riyati haqida yozganim bu qisqa yozuvga nuqta qo’yarkan, she’rsevar o’quvchilarning bu kitobdagi she’rlarini zavq-la o’qib bo’lib, uning shoiri Muhammad Solihdan boshqa yangi she’rlar kutishga ishonaman. Hammamizning, xususan, Muhammad Solih kabi usta shoirlarning she’r ko’zi aslo yumilmasin!

(Istanbul, 3 mart 1997)



IZMA – IZ QILINGAN XATOLAR

Jengiz CHONDOR

Turkiyaning ‘’SABAH’’ gazetesi analitigi

10. 06. 2000

Turkiya, yuksak darajada ust-ustiga qilinayotgan xatolar yomg’iri ostida qoldi. Eng tepadan boshlaylik: prezident Ahmad Sezarning ECO uchrashuvuga bormaslik qarori birinchi xato bo’ldi. prezidentning bormaslik qarorini ’’dinchi’’ vazir Mahmat Kechachining e’lon qilishi ikkinchi xato. Go’yo ECO Tehronda bo’lgani uchun diniy tashkilot-u, bu haqda e’lonni ham dindor vazir qilishi kerakday. Kulgili.

Islarining kopligi sababli prezident Sezar Eronga bora olmas emish.

Turkiyaning ham tashabbusi bilan qurulgan bir tashkilotning ko’p davlatlar prezidentlari to’planayotgan bu mashvaratdan ham o’namli nima ishi bo’lishi mumkin Turkiya prezidentining?

Qolaversa, Tashqi ishlar vazirligining Sezarning bu mashvaratga borishini tavsiye qilgani ham e’lon etilgandi. Xo’p, uning bormasligini qaysi kuch tayinladi?

Biz turgan joyimizdan Turkiya va Eron orasini qaysi Kuch Markazi, to’g’rirog’i, Tashqi Kuch markazi ochishga urinayotganini ravshan ko’rib turibmiz. Bu Kuch Turkiyani o’z mintaqasida zaiflashtirib, atrofida notinchlik paydo qilib, o’z jilovida tutishni istagan kuchdir (matn shu nuqtada qisqartirildi, - Tahr.)…

Prezident bilan bir qatorda Bosh vazir ham, ichki siyosatdagi xatolariga tashqi siyosat xatolarini qoshdi. Bosh vazir Oslo shahrida O’zbekiston muxolifat lideri Muhammad Solih bilan uchrashuvni Tashqi ishlar vazirligi maslahati bilan bekor qilgan. Bunu bugunga qadar na O’rta Osiyo, na da O’zbekistonni tanigan bir gazetachining maqolasidan o’rgandik.

Ejevitga vazirlik ’’Muhammad Solih’ning sizga aytmoqchi bo’lgan gaplarining hammasi to’g’ri bo’lishi mumkin, faqat uchrashuvingiz O’zbekiston bilan aloqalarimizning tuzatilishini qiyin mojoroga sudrashi mumkin’’.

O’zbekiston Turkiya bilan aloqalarini buzmaslikdan qo’rqayotgani yo’q. Turkiya qo’rqayapti. Bu qanaqa O’rta Osiyo siyosatidir? Sulaymon Demiral tarafidan kommunist sarqiti, Rusyaga bog’liq totalitar rahbarlarga topshirib qo’yilgan Turkiya’ning O’rta Osiyo siyosatidagi zaharli tuxumlari yo’q bo’lmadi hali.

Bu orada Muhammad Solih’ning ’’Turkiya va Turk Jumhuriyatlari munosabatlariga doir’’, degan mukammal bir maqolasi chiqdi. Ejevit www.uzbekistanerk.org sitesidan olib oq’ishi mumkin. Ertadan boshlab Turkiyaning ‘’Turk jumhurriyatlar siyosati’’ni tahlil etamiz. Va Muhammad Solihning maqolasiga ko’p-ko’p murojaat qilamiz. Atrofda bir o’lkaning Amerikadagi eng ektremistik fraksiyonlariga bel bog’lab, Turkiyada mansab orqasidan chopayotgan yuzsiz kimsa bilan Sulaymon Demiral davrida ich ve tashqi siyosatda paydo bo’lgan vayronagarchilikni bir soatda tuzatish qiyin, lekin prezident ve Bosh vazirlik o’zlarini osongina junbushga keltirishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak. Na ich va na tashqi siyosatda…



IQTIDORSIZ OSHIQ

Yog’mir OTSIZ

‘’Milliyat’’ gazetasi (Turkiya)

16.06.2000

‘’Turkiya’’ gazetasining 31 iyul kungi sonida e'lon qilingan gazetachi Yog’mir Otsizning ’’Iqtidorsiz oshiq’’ nomli maqolasida Turkiyaning samarasiz tashqi siyosati haqida mulohazalar yuritiladi. ’’Tashqi siyosat, - deya yoziladi maqolada, - "ofansif" (hujumkor) o’ynaladigan bir o'yindir. Boqing, Putin O'rta Osiyoga bir borgan edi, har narsa ostin-ustun bo'ldi! ’’Shanxay beshligi’’ degan maqsadi noaniq bir maxluqot ijod etdi, Ovraosiyo qartalari qaytadan ko’rila boshladi!

Bizning O’zbekiston diktatori Islom Karimov bilan mummomiz bor. Bu odam Turkiya va Turk qavmlaridan jirkanadi. Bundan tashqari oramizda Muhammad Solih (muxolifat lideri) va talabalar problemasi bor. Rusiyadan qo'rqish muammosi bor. O'rta Osiyodagi strategik lider va nufuzli bo'lish masalalari bor.

Rusiya o'n yil davomida maydonni Turkiyaga qo'yib berdi, Turkiya esa, ho'ril-ho’ril uxladi. Endi esa Anqaradagi ba'zi zotlarning etagiga o't tushdi! Hurmatli bosh boqonimiz xumor qarashlari bilan Chinni sharaflandirishdan erinmaydi, nima, Toshkent Pekindan uzoqroqmi? U Osloga ketdi va Islom Karimovga yaltoqlanish uchun Turkiyadan quvililib, Osloda yashayotgan Muhammad Solihning uchrashish iltimosini rad qildi! O'zbekistondagi demokratiya uchun kurashayotgan (shoirni, uchunchi darajali shoir emas, katta shoirni) hech bo'lmaganda yarim soat qabul etsa, injulari to'kilarmidi?

Islom Karimov Olmoniyaga borganida "Temur Yildirimni yengib, Ovruponi turklardan qutqardi", degan odamdir...

Yo mujmallashmasdan harakat qil, yo, hal etolmasang, muxolif fikrga uyg’un harakat qil. Iqtidorsiz oshiq kabi na xotinni eplay olasan, na, uning ustidan tushasan! Turkiya bunday siyosatchilarga muhtojmi?" deya yakunlanadi "Turkiya" gazetasidagi bu maqola.

(Maqola qisqartirilgan shaklda tarjima qilindi)



1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22

Падобныя:

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconAk parti iktidarıyla Türkiye güçlü geleceğini kurmaya devam ediyor. Hayatın her alanında verilen sözler bir bir gerçekleştirilirken Türkiye sarsılmaz bir irade

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconÖzdeşlik: Bilinmeyenli bir ifadenin farklı bir yazılımla gösterilmesi işlemine özdeşlik denir. Özdeşliklerde bilinmeyene verilen bütün değerler eşitlik için doğrudur. Denklemlerde ise bilinmeyene verdiğimiz sadece bir veya birkaç değer eşitliği doğrular. Diğer bütün sonuçlar eşitliği bozar

TO’qson oltinchi yilga bir nazar icon''Arkadaşlar gidip Toros dağlarına bakınız; eğer orada bir tek Yörük çadırı görürseniz ve o çadırda bir duman tütüyorsa, şunu çok iyi biliniz ki, bu dünyada

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconSıfat ismi niteler – isimden önce gelir – yalın haldedir. Sayılabilir tekil bir ismi niteliyorsa, tamlamanın başına a/an alır. Sayılamayan ya da çoğul bir ismi niteliyorsa, a/an kullanılmaz

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconNazar suraksha kavach

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconYolculuk, yolculu?a з?kma; sefer mesafesine yolculuk yapma. Bir f?k?h terimi olarak yolculuk, belirli bir mesafeye gitmektir. Bu mesafe ise orta yьrьyь?le ьз
Зьnkь hьkьm ferde gцre de?il, cinse gцre meydana gelece?inden, bьtьn yolculuk hallerini kapsam?na al?r. Di?er yandan Hanefоlere gцre,...

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconNohe in roman urdu for our children in Canada and u k Talibe dua nazar abbas

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconAllah'ın Resulüne Nebilik gelmeden önce kendilerine bir şey vermek için falan gün bir yerde buluşmak üzere söz verdim, fakat ben o gün ve ertesi gün verdiğim sözü unuttum, ancak üçüncü gün hatırladım. Hemen koşa koşa aynı yere gittim ve baktım ki, Allah'ın Resulü aynı yerde bekliyor. Beni görünce

TO’qson oltinchi yilga bir nazar icon3. 1 Hukuka Aykırı Bir eylem

TO’qson oltinchi yilga bir nazar iconDługi powiew wiatru orzeźwił powietrze jesiennego popołudnia. Stojący na murach Świetlistej Wieży lord Nazar nabrał w nozdrza wilgotne powietrze rozkoszując

Размесціце кнопку на сваім сайце:
be.convdocs.org


База данных защищена авторским правом ©be.convdocs.org 2012
звярнуцца да адміністрацыі
be.convdocs.org
Галоўная старонка